avatar
Куч
0.12
Рейтинг
+0.24

Мақолалар

Buvijonimga

AKT va ingliz tili
Buvijonginam
 
Bitta qizni o’stirib ta’na qilmadiz
Bu besh kunlik hayotda ma’ni ko’rmadingiz
Ey buvi men bor man bemor bo’lmangiz
Buvijon siz meni ko’hna tog’imsiz
 
24 nabira sizning  yoningizda
Bemor bo’lib qolsangiz  parvonangizda
Bemor bo’lmang  hech 

14-январ "Ватан химоячилари куни"

Маънавият
 

Маълумки, 1991 йил 6 сентябрь санаси — Ватанимиз мустақиллик солномасига унутилмас кун бўлиб муҳрланди. Шу куни Ўзбекистон Республикаси Мудофаа ишлари вазирлиги ташкил этилди. 1992 йил 14 январь куни эса мустақил давлатимиз ҳудудидаги барча ҳарбий қисм ва бўлинмаларни Ўзбекистон тасарруфига ўтказиш тўғрисида қарор қабул қилинди.Юртбошимиз ташаббуси билан эълон қилинган мазкур ҳужжат-мамлакатимиз хавфсизлигига таҳдид солиши мумкин бўлган ва минтақада келиб чиқаётган хавф-хатарларни ҳар томонлама таҳлил этиш асосида, армиямизни ислоҳ қилишнинг узоқ муддатли дастури ишлаб чиқилишига кенг йўл очди.

Boshlang'ich sinflarda "Didaktik o’yinlarning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati"

Блог им. Kushoni
Didaktik o’yinlarning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati.
    Namangan viloyati Kosonsoy  tumani XTMFMTTEB qarashli 15 umumiy o’rta talim maktabi boshlangich sinf o’qituvchisi  Gavharjon Docmatova uchun 2014 yil omadli keldi. U maktab rahbari va yaqinlarining maslahati bilan “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi 2014 ko’rik tanlovining ” tuman bosqichida qatnashib, viloyat bosqichiga yollanmani qo’lga kiritdi. Shundan  so’ng katta umid va ishtiyoq bilan tanlovga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Harakatlari besamar ketmay, viloyatda ham uning pedagogik mahorati, izlanuvchanligi hay’at a’zolari tomonidan munosib e’tirof etildi.

Mening bobom –mahalamiz faxri

Маънавият
Mening bobom –mahalamiz faxri
Reja:
 I.Kirish .mening bobom tayaqnchim va suyanchim
                           II. Asosiy qism
1. Mahallamiz poydevori siz bobojon
2. Bobomning ibratlari
3.  Siz hayot falsafasining bulog’isiz –buvijon
3. Xulosa bobom va buvim mening faxrim!
                                        
Qarisi bor uyning parisi bor!
 
    Bilsangiz agar har bolaning o’z bobosi bor.U bobosining o’z faxri bor.Mening bobom mahallamiz faxri deyishimizga sabab u kishi ya’ni mening bobom mahallada oqsaqol. Mening bobom juda ham aqlli dono ziyraklar .Agar mahallada biror bir ish yuzasidan tashrif buyurishsa bobom tezda masalalarni yechib  beradilar. Bobomning katta bog’lari bor bobom bog’lariga turli xil ekinlar  turfa hil gullar ,olma, o’rik ,gilos, bodom, shaftoli kabi mevali darahtlari bor  Mening bobom mahallamizning gullab yashnashida ham hissalari bor ,mehnatkash inson
   Ular millat xazinasi bo’lmish kitoblarni juda yaxshi ko;radilar Mmahalladagi to’y tomosha ,bayramlarda ular faol qatnashadilarUlar bizga ,,Bir ishni boshlab qo’ydingmi ,oxirigacha tugatib qo’y’’deb uqtirganlar .Bobom bizga har doim sihat salomatlik tilaydilar.
     Ovqatlanib bo’lgach esa birinchi bo’lib vatanimiz tinchligiga hesh qandayxavf tug’ulmasin,vatan uchun jonini fido etgan bobolarimizni joylari jannatda bo’lsin deb duo qiladilar .Vatanimizning milliy urf-odatlari qadriyatlarini bizlarga so’zlab beradilar Shuningdek yillar davomida sayqallanib kelgan ,tildan-tilga o’tib sayqallanib kelayotgan ertaklarimizni,maqollarimizni va rivoyatlarimizni  so’zlab beradilar  Bu yil bobom xursand qilgan narsa bu 2015-yil “Keksalarni e’zozlar yili”deyishsa juda xursand bo’ladilar.
    Bizning O’zbekistonimiz prizidenti qariyalarga shu jumladan bolalarga ham katta e’tibor berilyapti.Mana kuni –kecha 9-may “xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilingan edi. Bu urushda bobom va aka ukalari qatnashgan shuni esladik va xotirladik.Xalqimizda bir maqol bor “qari bor uyning parasi bor deydilar.Biz keksalarni asrab avaylab qadrlariga etishimiz kerak.Shu o’rinda buvimga bag’ishlab yozgan
 she’rimni  keltirishni joiz deb bildim.
Uyimiz farishtasi
Saramjon sarishtasi
Doimo bo’ling omon
Mehribonim buvijon
Duodadir qo’lar
Porloq doim yo’llar
Hamisha bo’ling omon
Mehribonim-buvijon.
 
   Xulosa qilib aytadigan bo’lsam ,mebobojonimva buvijonim bilan faxrlanaman Ularni jondan aziz bilib e’zozlayman ularning hayotlari biz uchun hikmatdir. Bobomning har bir hikmatlari  mening yuragimga jobo’lib  abadiy va mangu qoladi
 
  Djo’rayeva Zarnigor Kosonsoy tuman 15 maktab
65-43-673

Mening bobom va buvim – mahallamiz faxri.

Поддержка акций ZiyoNET
Илм-фан
Reja:
 
I.Kirish. Bobom mennig tayanchim, momom mening suyanchim. 
II.Asosiy qism. 
1.Elga madadkor dillar. 
2.Mahalla poydevori. 
3.Hayot falsafasi – ibrat maktabi. 
III.Xulosa. Bobom va buvim mennig faxrim!
Qarisi bor uyning, parisi bordir. 
(O’zbek xalq maqoli)
 
Inson o’z hayoti davomida ko’plab sinovlarga duch kelar ekan. Albatta, ularni yengib o’tish oson emas. Lekin, mana shunday vaziyatlarda yoningda tayanching va suyanching bo’lsa, qiyinchiliklarni osongina bartaraf eta olarkansan kishi. Ha, to’g’ri mening ham har kunim bir tekisda o’tmaydi. Hayot ham bir yo’l misoli, u hech qachon ravon bo’lmaydi, uning ham o’nqir – cho’nqirlari bo’ladi. Bu sinovlar insonni sabr – bardoshli, matonatli, irodali, intiluvchan, talabchan, mehr – oqibatli, g’amxo’r qilib tarbiyalaydi. Men doimo biror muammoga duch kelsam avvalo, bobom va buvimdan yordam so’rayman. Axir ular ko’pni ko’rgan, yoshlari ulug’ insonlar. Bobom ham buvim ham doim menga to’g’ri yo’l ko’rsatadilar. Bu dunyoda eng kuchli va ziyoda tuyg’u bu – ishonchdir. Men esa bobom va buvimga juda ham ishonaman. Bundan kelib chiqadiki, bobom mening tayanchim, buvim mening suyanchimdirlar. 
“Yurtning g’amin, o’ziniki bilib, ularga qo’ldan kelgancha yordam qo’lini uzatish bizning burchimizdir” – deydilar bobom. Shu boisdan har kuni mahalla xolidan xabar olayin deya, yo’lga otlanadilar. Ba’zida meni ham olib boradilar. Bobomni mahallada barcha hurmat qiladi. Boshidan og’ir kulfatlar o’tayotgan bo’lsa, bobomning hikmatlarini jon deb tinglashadi. Bobom mahallamizning barcha yoshdagi kishilariga yordam beradilar. Mahallaning xursandchilik kunida ham, qayg’uli kunida ham yelkama – yelka bo’lib turadilar. Buvim ham bobomdan qolishmay barchaga yordam beradilar. Bobom mahalladagi hasharlarda yaxshi ishtirok etadilar. Yoshlari katta bo’lishiga qaramasdan, meni hali belimdan quvvatim ketgani yo’q, hali men yosh va navqiron yigitlardek chaqqonman deydilar. Bobomning yettita faxriy nishonlari bor. Ularni doim avaylab, asrab yuradilar. Ular elga madadkor bo’ladilar. 
Mahallamning bunyod bo’lishida ham bobomning hissasi katta hisoblanadi. Mahallaning poydevorini tiklashda, katta xizmat ko’rsatganlar. Uning har devorini mustahkam qilishda anchagina ter to’kkanlar. Undan tashqari, barchamizga ma’naviy va ma’rifiy ozuqa berganliklari sabab, bobomni mahalla yoshlari “Siz bizning mahallamiz poydevorisiz” deyishadi. Yaqin kunlarda aziz va mo’tabar bayram 9 – may xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan tadbir mahallamizda o’zgacha shodiyona bilan o’tkazilishi kutilmoqda. Biz bobom va buvimga kutilmagan sovg’a tayyorlash uchun tayyorgarlik ko’ryapmiz. Albatta, ular bundan xursand bo’ladilar degan umiddaman. 
Hayot falsafasi – ibrat maktabi degan iborada tobora chuqurlashib ketayotgan ilm ziyosini tasavvur etish mumkin. Buvim haqida gapiradigan bo’lsam, ular onajonimga ro’zg’or yuritishda yordam beradilar. Buvijonim bizga o’tgan zamonning qiyinchiliklarini, urush oqibatlarini, hozirgi tinchlikning naqadar qimmatbaho ekanligini, uning qadriga yetishimizni aytib bizni ezgulikka chorlaydilar. Biz ularga “Siz hayot falsafasi bulog’isiz” deymiz. 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, men bobojonim va buvijonimdan faxrlanaman. Ularni jondanda aziz bilib, ularni e’zozlayman. Men uchun ular bir hikmat misolidirlar. Ularning har bir hikmatli so’zlari mening yuragimga jo bo’lib, abadiy va mangu qoladi. 
 
Toshpulatov Habibullo
Kosonsoy tuman 15 – umumiy o’rta ta’lim maktabi    
65-43-673